AdMe o‘zining mukammal tashqi ko‘rinishiga emas ekanligidan “azob chekuvchi” Gollivud yulduzlarining suratlariga o‘zgartirish kiritib taqdim etdi.
Viktoriya Bekxem
Tabassum — qalb nuri deyishadi. Viktoriya Bekxemning ta’kidlashicha, u xarakteri jiddiy bo‘lgani uchun emas, balki tabassumi chiroyli bo‘lmagani uchun tishining oqini ko‘rsatavermaydi.Zak Efron
Zak o‘zining boshini noproportsional katta deb hisoblaydi.Teylor Svift
Teylorning tarmoqdagi muxlislari uning ko‘zlarini kichkina deb hisoblashadi.Kira Naytli
Bu yerda hammasi oddiy: Kira Naytli biroz semirishni xohlaydi.Penelopa Krus
Dunyoga mashhur aktrisa ham o‘z qomatidan butunlay qoniqish hosil qilmaydi.Jorj Lou
Louni ko‘pchilik yoqimtoy deya ataydi. Aktyorning o‘ylashicha, agarda uning yuzi biroz bo‘lsada salobatli bo‘lganida u ko‘pchilikning qalbini zabt etgan bo‘lardi.Kristen Styuart
Vampirlar haqidagi saganing qahramoni o‘zining quloqlari biroz “yotgan” bo‘lishini xohlaydi.Natali Portman
Aktrisaning aytishicha, reklama posterlari va fotosessiyalarda uning xolini berkitib qo‘yishadi. Bu esa xollarni o‘zining kamchiligi deb o‘ylashiga sabab bo‘ladi.Uill Smit
Uill Smit — “quloqlaridan norozilar” klubining yana bir vakili.Linda Yevangelista
Mashhur supermodel bir umr burnini o‘zgaritishni xohlagan.Josh Xatcherson
The Hunger Games qahramoni uzoq vaqt faqat bir narsani — o‘sishni istagan.
Izoh (0)