29-oktabr kuni Avstriyaning Zalsburg shahri aeroportida “Gervart” to‘foni tufayli Polshaning Enter Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashiga bir baxya qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea aks etgan video YouTube’dagi MatHog kanalida joylashtirildi.
Samolyot Frankfurt – Zalsburg reysini amalga oshirayotgan edi. Qo‘nayotgan chog‘da yerdan bir necha metr balandlikda havo kemasi kuchli shamol ta’sirida yonga og‘ib ketdi va qanoti bilan qo‘nish tasmasiga tegib ketishiga oz qoldi.
Boeing orqa shassi bilan qattiq qo‘nishni amalga oshirdi, so‘ng qo‘nish tasmasidan turtki olib, yana ko‘tarila boshladi. Ekipaj yo‘lovchilarni xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildi va samolyotni Frankfurtga burdi.
Ilgariroq “Gervart” dovuli Bremen aeroportining qo‘nish yo‘lagidagi samolyotni uchirib yuborgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)