Britaniyalik kostyumyor, “Oskar” mukofotining ikki karra sohibi Jon Mollo 86 yoshida vafot eti. Bu haqda, The Sunday Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotga qaraganda, rassom 25-oktabr kuni tomir demensiyasi oqibatida vafot etgan.
Mollo birinchi navbatda “Yulduzli janglar” kinosagasi qahramonlarining kostyumlarini yaratgani bilan shuhrat qozongan. Kinosaganing Dart Veyder, malika Leya, Xan Solo, Obi-Van Kenobi va boshqa qahramonlari u tufayli o‘z mashhur ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Kinoepopeyaning birinchi qismi — “Epizod IV: Yangi umid”dagi ishi uchun Mollo eng yaxshi dizayner sifatida “Oskar” olgan.
Izoh (0)