Qatar Yulduzlar Ligasida faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov 6-turda dublga erishdi.
U to‘p suradigan “As-Sayliya” klubi autsayder maqomidagi “Qatar SK” maydoniga safar etib, yirik g‘alabaga erishdi. Abduxoliqov hisob ochuvchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 2-taymda penaltini aniq amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
6 ta o‘yinning barchasida maydonga tushgan Abduxoliqov 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shularning 2 tasi penalti mahsulidir. Qatar Yulduzlar Ligasida 11 ta goli bor Al-Arabi to‘purar bo‘lib turibdi. Abduxoliqov esa undan keyin ikkinchidir.
Mazkur turda yana bir o‘zbekistonlik futbolchi — Sanjar Tursunovning “Al-Haraytiyat” klubi 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ayni paytda “As-Sayliya” 5-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Al-Haraytiyat” 7-o‘ringa joylashgan. Ligada Sardor Rashidovning sobiq jamoasi, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, 2 ta klubning birlashishidan hosil bo‘lgan “Al-Duhayl” peshqadamlik qilmoqda.
Qatar Yulduzdar Ligasi 6-tur bellashuvlari 28-oktabr, shanba
Izoh (0)