29-oktabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining HY101 “Toshkent – Nyu-York” reysi ushlanib qoldi. Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, reysni bajarayotgan Boeing 787−8 Dreamliner layneri Toshkentdan belgilanganidan bir soat kechikib uchib chiqqan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Reys kechikishiga Rossiya shimoli-g‘arbidagi Murmansk havo harakatiga xizmat ko‘rsatish markazi javobgarlik zonasida havo hududining yopilishi sabab bo‘ldi.
Rossiyalik hamkasblar bilan hamkorlikda milliy aviakompaniya muqobil yo‘nalish topdi, undagi parvoz xavfsizligini tekshirdi, shundan so‘ng samolyot Toshkent xalqaro aeroportidan uchib chiqdi.
Kechikish soatlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularga aerovokzalga qaytmay, samolyotning o‘zida xizmat ko‘rsatish taklif etildi.
Izoh (0)