O‘zbekiston Madaniyat vazirligining tashkillashtirishi bilan respublikada ikki kun davomida “Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” xalqaro ekofestivali, Berdaq va Ajiniyozlarning xalqaro she’r va musiqa festivali, “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.
Tadbirning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom etdi. Tumandagi “Madeli” OFY hududidagi “Ko‘k suv” ko‘li bo‘yida “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan baliq taomlarining, milliy hunarmandchilik, qo‘l mehnati namunalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Katerlarda sayohat qilib, san’at ustalarining konsert dasturini tomosha qildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tanlovga Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati jamoat ovqatlanish korxonalaridan 70 dan ortiq oshpaz, kasb-hunar kollejlarida pazandalik sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar, uy bekalari o‘zlarining baliqdan tayyorlangan 112 turli taomi bilan qatnashdi.
Izoh (0)