Madagaskar rasmiylari fuqarolarni marhumlar bilan tushiladigan an’anaviy raqs marosimi — Famadixanadan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, aynan shu marosim tufayli mamlakatda vabo epidemiyasi keng tarqalib bormoqda.
“Agar odam o‘pka o‘latidan qazo qilgan bo‘lsayu, Famadixana o‘tkazish uchun uning qabri ochilsa, infeksiya tana bilan kontaktda bo‘lgan odamga yuqadi”, — dedi sog‘liqni saqlash vazirligi shtabi boshlig‘i Villi Randriamarotiya.
Famadixana — an’anaviy raqs marosimi bo‘lib, uning chog‘ida eski jasadlar qazib olinadi, ularning kafani almashtiriladi, so‘ng ular bilan raqs tushiladi, shundan so‘ng mayit yana qabrga qaytariladi.
Izoh (0)