Afg‘onistonda IShID terrorchi guruhi jangarilarining “Tolibon” radikal harakati vakillari bilan to‘qnashuvi chog‘ida IShIDning besh nafar a’zosi o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida bo‘lib o‘tdi. Janglar 28-oktabr kuni Xo‘joni tumanida avj oldi.
Otishmada “Tolibon” harakatining bir qancha a’zolari yaralangani aytilmoqda.
To‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)