Twitter Russia Today (RT) va Sputnik akkauntlariga har qanday reklama postlarini joylashtirishni man etdi. Bu haqdagi e’lon 26-oktabr, payshanba kuni kechki payt chop etildi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Ijtimoiy tarmoq mazkur qaror AQSh razvedka hamjamiyatining ikki agentlik ham 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqidagi xulosalari asosida qabul qilinganini bildirdi.

Shuningdek, Twitter 2011-yildan beri RT va Sputnik reklamasi sotuvidan olingan 1,9 million dollar daromadni xayriya maqsadlari uchun ajratadi. Mablag‘ ijtimoiy tarmoqdan saylovlar davomida foydalanish bo‘yicha mustaqil tadqiqotlarga yo‘naltiriladi.