Poytaxtda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi qatnashchilari 27-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan tanishish chog‘ida delegatsiya a’zolariga ushbu obyektda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.
Shuningdek, mehmonlar Hazrati Imom majmuasi, Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasini ziyorat qildi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan tanishdi.
Delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor boshqa joylarida ham bo‘ldi.
Izoh (0)