Oliy Liga 26-turidan keyin murabbiylar qanday fikrda? “Nasaf”da ketma-ket sakkiz g‘alaba, Abramovda uzoq kutilgan muvaffaqiyat, Arveladze jamoasiga yana hakamlar yordam berdi va bu “Bunyodkor”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Toshkent derbisi Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor”ning “Bunyodkor” ustidan g‘alabasi bilan tugadi
Farg‘onaning “Neftchi” klubiga kelganidan buyon endigina ikkinchi g‘alabasiga erishgan Vadim Abramovning kayfiyati ancha chog‘. Jamoasi uning rahbarligida 15 ta uchrashuv o‘tkazdi va 9 tasida mag‘lub bo‘ldi. Yana 4 ta uchrashuvda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi.Muxlislarga g‘alaba muborak bo‘lsin! Bugun butun jamoa yaxshi o‘ynadi, yigitlarga rahmat! Harakatlarimizda sermahsullik ko‘rindi. Har bir o‘yin yosh futbolchilarga katta maktab bo‘lib kelmoqda. Shu yo‘nalishda ketsak, kelajakda ajoyib jamoaga ega bo‘lamiz.Mutaxassis “Neftchi”ni qabul qilib olguniga qadar, aynan “Lokomotiv”dan iste’foga chiqarilgandi. Bu holat Samvel Babayanning milliy terma jamoa tepasiga kelishi va Abramovning tanqidi bilan bevosita ulanib ketgandi. Endi Abramov sobiq jamoasi “Lokomotiv”dan o‘ch olishga urinib ko‘radi.Endi “Lokomotiv” Farg‘onaga keladi. Bu jamoani qolgan raqiblar qatorida ko‘ramiz. Tayyorgarlikka jiddiy e’tibor qaratamiz.
Vadim Abramov, “Neftchi” bosh murabbiyi
“Paxtakor”ning ketma-ket 3-o‘yinida hakamlar mojarosi. “Bunyodkor” ofsayddan urilgan gol evaziga mag‘lub etildi (video)
Hakamlar ko‘magida ketma-ket ikki turni o‘z foydasiga hal qilgan “Paxtakor” ustozi Shota Arveladze yanada ko‘prog‘ini istashi haqida aytib o‘tdi.Natija men tufayligina yaxshilanmadi, klubda ko‘p narsa o‘zgardi. Men esa bundan ham ko‘prog‘ini istayman va mana shunday og‘ir o‘yinlarda g‘olib bo‘lishni xohlayman.Hakamlarning qo‘pol xatosi sabab jamoasi mag‘lub bo‘lgan Qosimov ancha xotirjam fikrlar bildirdi va hissiyotlarga berilmadi.Hakamlar xatosi? Ikkinchi davrada bizning 5 ta golimizni inobatga olishmadi. Hamma ham xato qiladi.
Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi
Muxlislar zerikib qolmadi. O‘yin derbiga xos jangovor o‘tdi. Endi “Paxtakor” muxlislari uyiga yaxshi kayfiyatda ketadigan bo‘ldi. Biz uchun esa bu o‘yin endi tarix, uni unutib, yangisiga harakatni boshlaymiz.Bugun qaysidir ma’noda hakamlar halal berdi. Ular borasida Hakamlar Qo‘mitasi gapirgani ma’qul. Men esa o‘z jamoam bilan mashg‘ul bo‘laman.
Hamma kurpasiga qarab oyoq uzatadi. Masalan, legionerlarsiz ham o‘ynasa bo‘ladi. Ammo jamoa oldiga jiddiy vazifa qo‘yilsa, unda albatta kuchli legionerlar kerak. Hamma ham jamoasida yaxshi saviyadagi legionerlarni ko‘rgisi keladi. Bu ko‘proq maqsad va vazifaga bog‘liq.
Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Hakamlar Boshqarmasi rahbari Toshkent derbisigacha O‘FFdan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy termasiga boshchi etib tayinlangan Ro‘ziqul Berdiyevning ham kayfiyati yomon emas. Axir, “Nasaf” ketma-ket 8 ta uchrashuvda zafar quchishning uddasidan chiqdi. Shularning 7 tasida Sanjar Quvvatov darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.“Mash’al” biz uchun juda noqulay raqib. Muborakda oxirgi marta 12 avval g‘alabaga erishgan ekanmiz. Bu juda katta vaqt. Hozirgi paytda jamoamiz holati ancha yaxshi. Biz mazmunli o‘yin evaziga zafar quchdik.Shahzod Shaymanovning bizga urgan goli? Uning “Nasaf”ga gol urish xohishi yuqoriroq shekilli, uch yildirki, Muborakda darvozamizga gol urayapti. Ajoyib o‘yinchi.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Izoh (0)