Ispaniya Kubogining nimchorak finali sari harakat qilayotgan Madridning “Real” klubi dastlabki qadamni tashlab, quyi liga vakilini safarda 2 ta gol farqi bilan taslim qildi.
Bosh murabbiy Zinedin Zidan shu kuni to‘liq ikkinchi tarkib futbolchilari bilan ishtirok etdi va faqatgina 1 ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Bellashuv taqdirini penaltidan urilgan gollar hal qildi. Shuningdek, hakam ikkinchi gol arafasida mezbonlar futbolchisini qizil kartochka bilan maydondan chetlatdi.
Bungacha Madridning boshqa bir vakili “Atletiko” quyi liga klubini yenga olmagan bo‘lsa, “Barselona” futbolchilari yirik g‘alabaga erishgandi.
Izoh (0)