Rossiyaning Irkutsk shahridagi qariyalar uyida o‘tgan hafta yuz bergan yong‘in qurbonlari soni ikki kishiga yetdi, deb yozadi “TASS”.
Jabrlanuvchilardan biri — 91 yoshli ayol kasalxonada vafot etdi. Ayni paytda jonlantirish bo‘limida uch kishi qolmoqda. Uch kishiga javob berilgan, bir kishi xospisga o‘tkazilgan.
Yong‘in 18-oktabr kuni kir quritish mashinasidagi qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan. Hodisa natijasida 14 kishi jabrlangan. Ularning to‘qqiz nafari kasalxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlardan biri o‘tgan dam olish kunlari vafot etgan edi.