O‘FF qoshidagi Hakamlar Boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Noil Lutfulin o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘FF

Ayni paytda O‘FF Hakamlar Boshqarmasiga yangi rahbar izlash ishlari bilan band. Noil Lutfulin nima sababdan iste’foni istab qolgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Bunyodkor” o‘yiniga qadar Lutfulin vazifasida ortiq ishlashni xohlamagan. Avvalroq Toshkent derbisiga Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi tayinlangan bo‘lsa, mamlakatning eng tajribali referisi Ravshan Ermatov ahamiyati nisbatan pastroq bo‘lgan “Neftchi” — “Qizilqum” o‘yinini boshqarish uchun Farg‘onaga jo‘natib yuborilgandi.

Oliy Liga hakamlari bilan bog‘liq so‘nggi vaqtlarda bir qator ko‘ngilsiz voqealar kuzatilmoqda. Hammasi “Buxoro” va “Dinamo” klublari o‘rtasidagi o‘yindan keyin boshlangan bo‘lib, uchrashuv referisi Rustam Bobomurodov birgina bahsli vaziyat sabab bir umrga futboldan chetlatilgandi.

Futboldan chetlashtirilgan hakam Rustam Bobomurodov o‘yinni halol boshqargani haqida aytdi, u tushkunlikda

Keyinroq “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yinida bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan Olim Tolibjonov 10 ta o‘yinga chetlashtirildi. “Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” o‘yinini boshqargan har to‘rt hakam mavsum yakuniga qadar futboldan chetda qoldirildi. Ular o‘yinni saviyasiz boshqargani aytildi hamda shunday hakamlarga yuqori baho qo‘ygan nazoratchi ham chetlatildi. O‘FF Hakamlar Boshqarmasi bunda saviyasiz deganda aynan nima nazarda tutgani va hech qanday ahamiyat kasb etmagan to‘rtinchi hakam nega chetlatilgani borasida aniq-tiniq bayonot bermadi.

“2” bahoga loyiq ko‘rilgan o‘zbekistonlik futbol hakamining bahsli qarorlaridan videosharh

Do‘ppisini ol desa... Qanot hakami xato qildi, O‘FF esa 4 hakam va nazoratchini futboldan chetlatdi

“Paxtakor” ishtirokidagi so‘nggi ikki bellashuv ham hakamlar masalasiga borib taqaldi. Birida Sherzod Qosimov “Buxoro”dagi o‘yinda bahsli penalti belgilagan bo‘lsa, “Bunyodkor”ga qarshi bellashuv taqdirini yaqqol ofsayddan urilgan gol hal qildi. Hakamlar Qo‘mitasi so‘nggi ikki uchrashuv hakamligini o‘rganib chiqishga ulgurmadi.

“Paxtakor”ning ketma-ket 3-o‘yinida hakamlar mojarosi. “Bunyodkor” ofsayddan urilgan gol evaziga mag‘lub etildi (video)