O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvda 25-oktabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi.
Ikki davlat o‘rtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ortiq hujjatlar imzolangani yuqori baholandi.
Muloqotda kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)