Saudiya Arabistoni robotga fuqarolik taqdim etgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda ar-Riyodda o‘tgan Future Investment Initiative forumida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Foto: Arab News

Mamlakat pasportini Sophia ismli ayol robot oldi.

“Bu noyob voqeadan faxrlanaman va juda katta turtki oldim. Jahonda fuqarolik olgan birinchi robot bo‘lganim tarixiy voqeadir”, — dedi u.