Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda 2017-yilning birinchi yarmida chet el maxsus xizmatlarining 30 nafar kadr ayg‘oqchilari fosh etilgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“2017-yilning birinchi yarim yilligida 30 nafar chet el razvedkasi xodimlari hamda xorij maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishda gumondor 200 dan ortiq shaxs fosh etildi”, — dedi davlat rahbari Kremlda o‘tgan yuqori unvonlarga taqdim etilgan zobitlarni taqdirlash marosimida.
Shuningdek, Putin razvedka tizimida o‘tkazilayotgan tizimli ishlarning samarasini alohida qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)