Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik kengashida kiberxavfsizlik masalasini ko‘tardi. U bir qator davlatlarda kiberqo‘shinlar shakllantirilayotganini, axborot maydonidan raqiblarni sindirishda foydalanilayotganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Prezident davlat elektron tizimlariga daxl qilinishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
“Shu munosabat bilan biz global axborot sohasi rivoji tendensiyalarini aniq tasavvur qilishimiz, tahdidlar prognoziga ega bo‘lishimiz lozim. Asosiysi — qo‘shimcha choralarni belgilab, ular asosida nafaqat tahdidlarni vaqtida payqash, balki bartaraf etishniyam yo‘lga qo‘yish kerak”, — dedi Putin.
Izoh (0)