Janubiy Qozog‘iston viloyatida qutqaruvchilar tog‘li hududda bedarak yo‘qolgan sayyohning jasadini topdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
26 yoshli yigitning yo‘qolganligi haqidagi xabar Favqulodda holatlar departamentiga 22-oktabr kuni uning do‘stlaridan kelib tushgan. Kecha, 25-oktabr kuni sayyoh qoyadan jonsiz topilgan.
20-oktabr kuni yosh yigitlar guruhi dam olish uchun tog‘ga chiqqan. Undan tushish davomida 26 yoshli yigit yo‘qolib qolgan. Qidirish ishlari ikki kun davom etgan. Qidiruv-qutqaruv guruhi 18 kvadrat kilometr tog‘ hududini ko‘zdan kechirgan. Qidiruv ishlariga 70 nafar volontyor ham qo‘shilgan.
Bu 2017-yil boshidan buyon tog‘ hududida odam yo‘qolishi bilan bog‘liq oltinchi holat.
Izoh (0)