O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy sayti ishga tushirildi. Saytga “IslamKarimov.uz” va “IslomKarimov.uz” manzillari orqali kirish mumkin, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Skrin: “Daryo”

Saytdagi materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillaridadir.

Saytda Islom Karimovning hayoti va faoliyati, shuningdek, asarlari hamda yodgorlik majmuasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Mediatekada foto va videomateriallar bor. Shuningdek, virtual tur yordamida Islom Karimov haykali atrofini tomosha qilish mumkin.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlaydi.