Chexiyaning Praga shahridagi Folimanka xiyobonida “Sovuq urush” yillariga mansub bunker ventilyatsiyasi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2D2 robotiga aylantirildi. Ishni noma’lum rassomlar bajargan, deb yozmoqda TJournal.
Mualliflar nafaqat inshootni bo‘yagan, balki unga robotning beton “oyoqlar”ini ham qo‘shgan, shu tufayli R2D2 yerga tiqilib qolgandek tassurot uyg‘onadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Praga rasmiylari ventilyatsiyani avvalgi ko‘rinishga qaytarmaydi. “Surat tufayli ventilyatsiya “robot” so‘zini o‘ylab topgan chex yozuvchisi Karel Chapekni eslatib turadi”, — deya ma’lum qilgan Praga 2 munisipaliteti rahbari Yana Chernoxova. Shunigdek, u rasmiylar vandalizmni qo‘llab-quvvatlamasligini qayd etib o‘tgan.
Izoh (0)