Fotograf Jonatan Rayan va uning bir nechta hamkasbi Irlandiyaning Klonmel shahridagi olma sharbati ishlab chiqaruvchi Bulmers fabrikasining bog‘ini suratga oldi. “Ofeliya” to‘foni daraxtlardan mevalarning ko‘p qismini to‘kib tashlagan, Shur daryosidan ko‘tarilgan suv esa ularni bog‘ning bir burchagida to‘plagan. Holat aks etgan suratlarni TJournal taqdim etdi.
To‘fon bog‘ga jiddiy zarar yetkazmagan. Biroq mahalliy jurnalistlar fabrikaning quvvati bu tariqa “terilgan” olmalarni toki ular buzilguniga qadar qayta ishlashga yetadimi yoki yo‘qligiga qiziqmoqda.
“Ofeliya” to‘foni Buyuk Britaniyada bir nechta shaharning osmonini sariq tusga kiritgan va Estoniyada qora yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)