Rossiya Qrimtatar xalqi majlisi rahbarining o‘rinbosarlari, 2017-yil sentabrida ayrimachilik harakatida ayblanib sudlangan Axtam Chiygo‘z va Ilmi Umerovni Turkiyaga topshirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Qrim tatarlari yetakchisi Mustafo Jamilovning so‘zlariga qaraganda, 25-oktabr kuni Chiygo‘z va Umerov o‘tirgan samolyot Anqaraga yo‘l olgan. U mahbuslarning ozod etilishini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on talab qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Ikki huquq himoyachisi ozod etilganini ularning advokati Nikolay Polozov ham tasdiqladi. U mazkur ish ulkan sa’y-harakatlar mevasi bo‘lganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)