Niderlandiya xavfsizlik va adliya vazirligi 2014-yil iyulida Ukrainada halokatga uchragan MH17 Boeing 777 halokati bo‘yicha hujjatlarni oshkor etishi talab etilmaydi. Bunday qarorni mamlakat davlat kengashi qabul qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Shu tariqa, davlat kengashi quyi pog‘onadagi sud instansiyasining hujjatlarni oshkor etish hukmini bekor qildi.
Tashkilot qaroriga muvofiq, hukumat o‘z faoliyatining maxfiyligini saqlash huquqi axborotni oshkor etishdan ko‘ra muhimroq masala sanaladi.
Oldinroq Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina halokat aybdorlarini jazolashda birdam harakat qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Izoh (0)