Rossiyalik teleboshlovchi, 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etishini e’lon qilgan Kseniya Sobchak saylovga qadar familiyasini o‘zgartirish mumkin. Bu haqda, “Dojd” telekanaliga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Sobchak yangi familiyasi yordamida ovoz berish byulleteniga “hammaga qarshi” so‘zlarini qo‘shmoqchi. Shu bois u ism-familiyasini “Kseniya Sobchak — hammaga qarshi” qabilida o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Telekanalning yana ikki suhbatdoshi nomzod ismi va familiyasini to‘liq o‘zgartirib “Hammaga Qarshi”ga aylanmoqchi ekanligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Sobchak saylovoldi shtabining matbuot kotibi Kseniya Chudinova bu gaplardan bexabarligini ta’kidladi.
“Super g‘oya, birinchi marta sizdan eshitishim”, — dedi ayol.
Izoh (0)