24-oktabr kuni AQShda mashhur musiqachi Fets Domino (asl ismi Antuan Domino) vafot etdi. U 89 yoshda edi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: BBC

Fets Domino ilk rok-n-roll ijrochilari orasida eng nufuzlilaridan hisoblanadi. 1986-yili u rok-n-rol shuhrat zaliga Chak Berri, Elvis Presli, Jeyms Braun, Rey Charlzlar qatorida kiritilgan dastlabki o‘n klassikdan biri bo‘ldi.

Uning eng mashhur qo‘shiqlari — Ainʼt That a Shame va Blueberry Hill. Beatles yulduzi Jon Lennon o‘z vaqtida aynan birinchi kompozitsiya u ijro etishni o‘rgangan birinchi asar bo‘lganini ta’kidlagan edi.