2017-yilning 3-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ahli vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yirik kompaniyalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik birlashmalari, banklarning ijodiy tashkilotlarga homiylik qilish haqidagi tashabbus va takliflari qo‘llab-quvvatlandi, deb yozadi IctNews.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri tashabbusi bilan “teatr do‘stlari klubi” tashkil etildi.
“O‘zbektelekom” AK O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrini zamonaviy qurilmalar yorug‘lik texnikasi va ovoz texnikasi qurilmalari bilan jihozlashga homiylik yordamini ko‘rsatmoqda. Bu teatr ijodiy truppasiga o‘z ijodiy rejalarini yanada yuqori texnologik darajada amalga oshirish imkonini beradi.