Mamlakatning barcha yirik dehqon bozorlarida va aholi yashash dahalarida yaqin vaqt ichida “Xizmat-beminnat” sotuv pavilyonlari tashkil etilib, ularda arzon narxda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.
Mamlakat Prezidentining shunga bag‘ishlangan qarorida shaharlar, tumanlar va viloyatlar ma’muriyatlari oldiga bozorlar va yashish dahalarida ushbu pavilyonlar uchun beg‘araz asosda savdo nuqtalarini topshirish vazifasini qo‘ydi.
Savdo nuqtalari yengil konstruksiyalardan tashkil etiladi. Bunday nuqtalarda aholiga turli-tuman qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari arzon narxlarda sotiladi. Narxlarni tushirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilardan sotib olib, “dala – do‘kon” prinsipi asosida realizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, yangi savdo pavilyonlarining paydo bo‘lishi ayniqsa qish oylarida bozorlarda narxlarning o‘sib ketishiga sababchi bo‘layotgan olibsotarlardan qutulish imkonini beradi.
Izoh (0)