Hozirgi vaqtda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jazoni ijro etish bo‘limida saqlanayotgan Abdurashid Aripov o‘z aybiga iqror bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Telegraf.uz”.
Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”) 2-qismi bilan ayblangan 46 yoshli Aripov ayni vaqtda jazoni o‘tamoqda.
Xabar berishlaricha, Aripov ariza bilan murojaat qilib, 1999—2000-yillarda Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik oqimi tarkibida faoliyat yuritgani va Shokir Odilov ismli shaxs bilan ishlaganini tan olgan.
“Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, Shokir Odilov haqidagi ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi”, — deyiladi “Telegraf.uz” xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uch fuqaro o‘z aybiga iqror bo‘lib, “Hizb ut-Tahrir” tarkibida faoliyat yuritganini tan olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)