Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakatni prezidentlik boshqaruviga o‘tkazish bo‘yicha kampaniya boshlanganini e’lon qildi. Bu bayonot mamlakatning yangi mudofaa vaziri parlament spikeri tomonidan tayinlangach berildi, deb xabar qiladi “RBK”.
U yangi vazirning legitimligini “plintusdan past” deb atadi.
Dodon prezident vakolatlarining bosh vazirga o‘tkazilishiga erishishga uringan va Yevgeniy Sturzani mudofaa vaziri etib tayinlagan parlament va hukumat vakillari hali afsuslanishini, bunday xatti-harakatlarni qayta amalga oshirishdan qo‘rqishini ta’kidlab o‘tdi.
“Ular Konstitutsiyaviy sud orqali meni Sturzani tayinlash bo‘yicha farmonni imzolashga majbur etmoqchi bo‘ldi, men bosimga uchmadim va ular Konstitutsiyaviy sud orqali legitimligi plintusdan past bo‘lgan vazirni tayinlashga qaror qildi”, — dedi prezident.
U mazkur holatda prezident vakolatlarining tortib olinishi va vazirning sud orqali tayinlanishi boshqa takrorlanmasligini ta’kidladi.
Izoh (0)