Rossiyalik teleboshlovchi, mamlakat prezidentligiga nomzodini ko‘rsatgan Kseniya Sobchak o‘z nomzodini ilgari surishdan avval amaldagi prezident Vladimir Putinni va muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni ogohlantirganini ma’lum qildi. Bu haqda Sobchak 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Putin bilan Kseniya otasi Anatoliy Sobchak haqida film tayyorlash chog‘ida uchrashgan edi.
“Birovdan ruxsat so‘raganim yo‘q, bu menga kerak emas. Men mustaqil odamman”, — tushuntirdi vaziyatni ayol.
“Qaror qabul qilgach, prezidentlikka nomzodimni ko‘rsatishmni Aleksey Navalniyning yuziga aytdim”, — qo‘shimcha qildi Sobchak.
Izoh (0)