Kartoshkadan pazandalikdan ham boshqa maqsadlarda foydalanishning bir nechta usullarini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.

Foto: “Xitrosti jizni”

Ma’lum bo‘lishicha, bu eng keng tarqalgan sabzavotlarni quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin ekan:

  1. Zanglarni yo‘qotish. Tarkibidagi nuklein kislotasi tufayli kartoshka sharbati har qanday zanglarni ajoyib tarzda tozalaydi. Kartoshkani kesing, zang bosgan yuzalarga suring, yarim soat kuting va qattiq gubka bilan sariq zarrachalarni tozalab tashlang.
  2. Kumushni tozalash. Kartoshkani qaynating. Kartoshka qaynagan suvga kumush buyumlarni solib qo‘ying. Yarim soatdan keyin ularni yumshoq latta bilan artib tashlang.
  3. Charm poyabzalni yaltiratish. Kartoshkani ikkiga bo‘ling va ular bilan botinkalarni ishqalang. O‘n daqiqa kuting, yumshoq latta yordamida botinkalarning yuzasini yaltiraguncha arting.
  4. Ko‘zning charchoqligini olish. Xom kartoshka bo‘lakchalarini ko‘zlaringiz ustiga qo‘ying va yarim soat kuting. Qora dog‘lar va shishlar ketadi!
  5. Terini parvarish qilish. Kartoshkani blender yordamida maydalang va uni teringizga suring. 15–20 daqiqa kuting, iliq suv bilan yuvib tashlang. Bunday oddiy niqobdan muntazam ravishda foydalanish natijasida terining husnbuzarlar toshishi, teshikchalarning kengayib ketishi, notekis ranglar va yog‘li yaltirash kabi muammolaridan butunlay qutulasiz.
  6. Quvvat olish. Bu oddiy sabzavotning ikkita lampochkaga yetadigan zaryad hosil qilish qobiliyati ko‘pchilikka fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘lsa kerak. Olimlar hozirgacha undan bir qator tajribalar o‘tkazishda foydalanadilar.

Manba: “Xitrosti jizni”