Osiyo Chempionatining saralash turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar termasi Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida BAA yoshlarini taslim qildi — 1:0.

Foto: O‘FF

O‘yindagi yagona gol 63-daqiqaga kelib Islom Kenjaboyev amalga oshirgan penaltidan so‘ng urildi. Bungacha Amirlik yoshlari 1 marta penaltidan aniq foydalana olmagan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan goldan avval maydonda bir kishi kam qolishga majbur bo‘lgandi.

25-oktabr kuni tomonlar “Bunyodkor” stadionida takroriy o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuvga kirish muxlislar uchun bepul bo‘ladi.

O‘rtoqlik o‘yini

“Bunyodkor” stadioni

23-oktabr, dushanba

O‘zbekiston U19 — BAA U19 1:0

Gol: Islom Kenjaboyev, 63-pen (1:0).

Chetlatish: Majid Sulton, 62 (B).

Noaniq penalti: Halfan An-Nobi, 45 (B).

Ayni paytda O‘zbekiston va BAA yoshlari Osiyo Chempionatining saralash turniriga bo‘lgan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida turibdi. Boisi saralash o‘yinlari 30-oktabr kuni start oladi. Bungacha o‘zbekistonlik futbolchilar mamlakat futboli yetakchisi Qatarda bo‘lib turgan bir vaqtda Dohaga borib, Qatar yoshlari darvozasiga 4 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

O‘FF prezidenti Qatarda vaqti O‘zbekiston termasi Qatar yoshlariga 4 ta gol urdi

O‘zbekiston saralashni Tojikistonda o‘tkazadi va mezbonlardan tashqari, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari termalari bilan kuch sinashadi. Amirlik yoshlarining Toshkentga kelishi ham bejiz emas. Chunki ular saralashni Qirg‘izistonda, mezbonlardan tashqari, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi o‘tkazadi.