O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ayrim fotosuratlarda videofiksatsiya kameralari avtomobillarda tutash chiziqni kesib o‘tganlik uchun qoidabuzarlik qayd eta boshlagani ko‘rsatildi. Bu holat muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi RePost nashri.
Jarima qog‘ozlaridan birining suratidan ma’lum bo‘lishicha, Matiz haydovchisi svetofor belgisi oldidagi tutash chiziqni kesib o‘tgani uchun jarimaga tortilgan.
Toshkent shahar YHXB vakillari nashrga bergan izohida tutash chiziqni kesib o‘tganlik uchun jarima qayd etish tizimi sinov tariqasida faqat Namanganda ishlayotganini ma’lum qildi. Toshkent hududida bu tizim qachon joriy etilishi noma’lum.
Izoh (0)