O‘zbekiston Oliy Ligasining 25-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
O‘zbekiston termasi ustozi boshqaradigan “Nasaf” ketma-ket 7 o‘yinda quruq seriya bilan zafar quchdi
Toshkentning “Paxtakor” klubi markaziy o‘yinni Buxoroda o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘z maydonida yetakchilardan “Nasaf”, “Bunyodkor” kabilarni mag‘lub eta olgan Ulug‘bek Baqoyev jamoasi, bu safar imkoniyatni boy berib qo‘ydi.Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” esa o‘z maydonida G‘uzor klubidan ustun keldi. Bosh murabbiyning o‘g‘li Mirjamol Qosimov raqib darvozasiga gol urdi. Bungacha u O‘zbekiston Kubogining yarim finalida gol urib, “Bunyodkor”ning finalga chiqishiga hissa qo‘shgandi.
Vodiy derbisida “Qo‘qon—1912” Namanganning “Navbahor” klubini taslim qildi. 2-taymni bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘lgan namanganlik futbolchilar 2 ta gol o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 25-tur bellashuvlari 21-oktabr, shanba
Izoh (0)