AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Hindiston harbiy-havo kuchlariga jangovar uchuvchisiz uchuvchi qurilmalar yetkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Nyu-Dehli AQShga murojaat qilib, 80–100 atrofida hujumkor Predator C Avenger dronlarini yetkazib berishni so‘ragan. Ular turli jangovar vazifalarni bajarishi va raketa tashishi kutilmoqda. Masala ijobiy hal qilinsa, shartnoma qiymati 8 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.
Muqaddam AQSh ma’muriyati Hindistonga 22 ta qurolsiz MQ-9B Guardian razvedkachi dronlarini 2 milliard dollarga yetkazib berishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)