“Istiqlol” san’at saroyining ijara haqi 12—14 million so‘m turadi. Bundan tashqari musiqachilarga, rejissorga, dekoratsiyaga, sahnadagi monitorga, ovoz rejissoriga va boshqa ko‘plab shu turdagi xarajatlar ham mavjud. Natijada foyda deyarli 0 ga teng bo‘lib qoladi. Shunday ekan konsert bu foyda ko‘rish emas, balki piar uchun.

Umumiy daromadning qariyb 95 foizi milliy sektor orqali amalga oshiriladi. U xalqning talabi asosida qurilgan. Iqtisodning oltin talabiga ko‘ra, talab qayerda bo‘lsa, taklif ham o‘sha yerda bo‘ladi. To‘ylar, tug‘ilgan kunlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar — haqiqiy daromad manbai.

Eng talabgir qo‘shiqchilar qatoriga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, Ziyoda, “Shahzod” guruhini qo‘yish mumkin. Ularning gonorari ijro etgan qo‘shiqlari soniga bog‘liq. “Kommersant.uz” nashri o‘zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Musiqa

Yulduz Usmonova

Foto: “Kommersant.uz”

Bir necha yillik “tanaffus”dan so‘ng yana teleekranlarga qaytgan o‘zbek estradasi primadonnasining gonorari 12,8 million so‘mni tashkil etadi.

Dj Piligrim

Foto: “Kommersant.uz”

DJ Piligrim taxallusi bilan tanilgan Ilhom Yo‘lchiyev o‘ziga xos orginalligi bilan muxlislari qalbidan joy olgan. Uning bitta chiqishi 10 million so‘mdan boshlanadi.

Farruh Zokirov

Foto: “Kommersant.uz”

“Yalla” guruhi asoschisi, O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov sizning mehmoningiz bo‘lishini istasangiz, kamida 9,6 million so‘m sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Ozodbek Nazarbekov

Foto: “Kommersant.uz”

O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lmish Ozodbek Nazarbekovning gonorari 9 million so‘mdan boshlanadi.

Lola

Foto: “Kommersant.uz”

Taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Lola Yo‘ldoshevaning qo‘shiqlarini tinglash sizga 6,5 million so‘mga tushadi.

Shahzoda

Foto: “Kommersant.uz”

O‘zining muxlislari qalbidan chuqur joy olgan Shahzodaning gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Rayhon

Foto: “Kommersant.uz”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qo‘shiqchi Rayhonning ham gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Foto: “Kommersant.uz”

Qo‘shiqchining xizmat haqi uning bajargan ishiga bog‘liq. Ulug‘bek Rahmatullayevning gonorari taxminan 4 million so‘mdan boshlanadi.

Kino

Ulug‘bek Qodirov

Foto: “Kommersant.uz”

28 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan Ulug‘bek Qodirovning bitta filmda suratga tushish gonorari 21 million so‘mni tashkil etadi.

Alisher Uzoqov

Foto: “Kommersant.uz”

“Uylanish” filmi bilan mashhurlikka erishgan Alisher Uzoqov 39 tadan ortiq filmlarda va 37 ta loyihada ishtirok etgan. Uning gonorari taxminan 12 million so‘mni tashkil etadi.

Adiz Rajabov

Foto: “Kommersant.uz”

30 dan ortiq film va 30 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan Adizning o‘rtacha gonorari 12 million so‘mni tashkil etadi.

Dilnoza Kubayeva

Foto: “Kommersant.uz”

Tanqidchilar tomonidan eng iqtidorli aktrisalardan biri, deya tan olingan Dilnoza Kubayevaning gonorari 12 million so‘mdan boshlanadi.

Zarina Nizomiddinova

Foto: “Kommersant.uz”

Ushu iqtidorli aktrisaning bitta filmda suratga tushish gonorari taxminan 7 million so‘mga teng.