17-oktabr kuni soat 23:40 da Toshkentning Mirobod tumanida Janubiy Koreya fuqarosiga hujum uyushtirildi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Jinoyatchi chet el fuqarosi hayotiga xavf soluvchi zo‘ravonlik qo‘llab, uning Samsung rusumli ikki smartfonini, pasportini va 2 million so‘m naqd pulini tortib olgan, shundan so‘ng voqea joyini tark etgan.
Hujum uyushtirgan shaxs — Zuhriddin Hasanov — qo‘lga olindi. Tergov bo‘limi unga nisbatan JKning 164-moddasi 1-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Dastlabki tergov davom etmoqda, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)