Misr politsiyasining uch zobiti Qohira chetidagi al-Vahat tumanida terrorchilar bilan otishma chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, politsiyachilar ushbu tumanda yashirinib yurgan terrorchi yacheykasini yo‘q qilish operatsiyasini o‘tkazayotgan edi.
Halok bo‘lgan va yaralanganlar orasida maxsus kuchlar hamda milliy xavfsizlik qo‘shinlari zobitlari va oddiy xizmatchilari bor.