O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov 18-noyabr kuni Las-Vegasda hisob bo‘yicha o‘zining 13-jangini o‘tkazadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
66,7 kilogramm vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Abduqahhorov murabbiy Ilgar Aliyev qo‘l ostida Filippin poytaxti Manilada mashg‘ulot o‘tkazmoqda. U 15-noyabr kuni AQShning Nevada shtatiga jo‘nab ketadi.Jangda o‘zbekistonlik bokschiga kim raqib bo‘lishi va uning necha raunddan iborat ekani yaqin kunlarda oshkor etiladi. Abduqahhorovning aytishicha, unda chempionlik kamari uchun faqatgina 1 ta jang qolgan. Bu yo‘lda sportchi AQShdagi ilk jangida zafar quchishi kerak bo‘ladi.
Qudratillo Abduqahhorov hozirga qadar professional ringda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan. 8 ta jangida nokaut bilan zafar quchgan.
Izoh (0)