Atoqli davlat arbobi Sharof Rashidovning shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan foto, sovg‘a tariqasida hadya qilingan buyumlar, dastxatlari tushirilgan kitoblar va boshqa vositalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilinadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UZ24

Shaxsiy buyumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-2854-son Qarori ijrosini ta’minlash, Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash va ochilishi rejalashtirilgan Sharof Rashidov nomli muzeyni yanada boyitish maqsadida xarid qilinadi.