Livan parlamenti 2005-yildan buyon birinchi marta davlat budjetini qabul qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga qaraganda, budjet loyihasi muhokamasi uch kun vaqt olgan. Yakuniy majlisda 61 deputat hujjatni qo‘llab-quvvatladi, to‘rt parlamentariy qarshi ovoz berdi, sakkiz kishi ovoz berishdan tiyildi.
Bundan tashqari, Livan parlamentariylari soliqlarni vaqtida to‘lamaslik jarimasini 90 foizga qisqartirdi.
O‘tgan yil oktabrida Livan prezidentini saylashga bo‘lgan ikki yillik muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng parlament davlat rahbarini o‘z aniqladi. Bu mansabga Livan siyosati faxriysi, xristian jamoasi yetakchilaridan biri Mishel Aun keltirildi. Mishel Aun prezident sifatida tasdiqlanishi mamlakatning uch yetakchi jamoati — sunniylar, shialar va xristianlar o‘rtasidagi kelishuv natijasi bo‘ldi.
Izoh (0)