Tarmoqda The New Yorker jurnalining 2017-yil 23-oktabrda chiqishi kerak bo‘lgan sonining muqovasi paydo bo‘ldi. Muqovaning katta qismini egallagan grafika ishi ko‘pchilikning qo‘rquvini aks ettiradi. Unda robotlar yashayotgan kelajak dunyosi tasvirlangan bo‘lib, inson tilanchilik qilmoqda, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
Bu kabi fantastik suratlarni oddiy odamlar emas, balki “kelajakka nazar tashlay oladigan” sanoat mutaxassislari “chizmoqda”. Misol uchun, Ilon Mask o‘zining 115 nafar ekspertlari bilan BMTdan robot-qotillarni taqiqlashni so‘ragan. Shuningdek, Tesla va Falcon X “sun’iy intellekt poygasi uchinchi jahon urushiga sabab bo‘ladi”, deya hisoblamoqda.
Izoh (0)