Afg‘oniston poytaxtida masjidga uyushtirilgan terrorchilik hujumi qurbonlari soni 30 kishiga, yaralanganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda, Tolo News telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Telekanal xabariga ko‘ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.
Mahalliy 1TV telekanalining xabar berishicha, terrorchi-hudkush imom Zamon masjidi oldida o‘zini portlatib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng otishma yuz bergan.
Yana bir portlash G‘ur viloyatida ro‘y berdi — u yerda o‘n kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi.
Hozircha hech bir guruh teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)