IShID terrorchi guruhi Kobuldagi masjidga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, masjidga uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.
Mahalliy 1TV telekanalining xabar berishicha, terrorchi-hudkush imom Zamon masjidi oldida o‘zini portlatib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng otishma yuz bergan.
Yana bir portlash G‘ur viloyatida ro‘y berdi — u yerda o‘n kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)