Fransiyaning Super Terrain nashriyoti Rey Bradberining “Farangeytcha 451 daraja” kitobini yangi talqinda taqdim etdi. Kitobning sahifalari ularga zajigalka yoki kuchli issiqlik manbai yaqinlashtirilmaguncha qora varaq bo‘lib turadi. Sahifaga olov yaqinlashtirilgach, kitobning matni paydo bo‘ladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kitobning materiali Niderlandiyaning Yan Van Eyk akademiyasidagi Charles Nypels laboratoriyasida tayyorlangan.