Yaponiyalik tadqiqotchilar Oy yuzasida uzunligi 50 kilometr bo‘lgan ulkan g‘orni topdi. Kelajakda undan tadqiqot bazasini joylashtirish uchun foydalanish mumkin. Bu haqda JAXA milliy aerokosmik agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

G‘or Yaponiyaning “Kaguya” tadqiqot zondi tomonidan uzatilgan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida topildi. Bu bo‘shliq Oyning tashqi tomonidagi Marius krateri ostida joylashgan. Dastlab “Kaguya” g‘orga kirishni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, keyinroq elektromagnit zondlash ko‘magida uning yer osti tuzilishini o‘rganishga erishildi.

Agentlik ekspertlarining fikricha, bu uzun g‘or taxminan 3,5 milliard yil oldin vulqon otilishi oqibatida yuzaga kelgan. U yerga tadqiqot bazasini joylashtirish unga radiatsiya va haroratning keskin pasayib ketishi salbiy ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.