Madridning “Atletiko” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qolib ketishi ham mumkin.
Musobaqa g‘olibligi uchun da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Atletiko” guruh bosqichini Rimdagi golsiz durang bilan boshlagan bo‘lsa, Vanda Metropolitano’dagi ilk xalqaro o‘yinda “Chelsi”dan yengilgandi — 1:2. Madridlik futbolchilar bu safar Ozarbayjonda Qorabog‘ni ham yenga olmadi — 0:0. Shu tariqa “Atletiko” 3-turni faqatgina 2 ochko bilan yakunladi.
“Roma” esa Ozarbayjonda “Qorabog‘”ni taslim qilgandi — 2:1. Endi rimlik futbolchilar Londonda “Chelsi” darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvni 2 ta gol ustunligi boshlagan Antonio Konte jamoasi, yakunda mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi.
Shunga qaramay, “Chelsi” 7 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Klub Chempionlar Ligasining “Stemford Bridj”da kechadigan o‘yinlarida yaqin orada 3 ta gol o‘tkazib yubormagandi. Rimliklar esa Angliya chempionini shunga majbur qila oldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “C” guruhi. 3-tur 18-oktabr, chorshanba
Izoh (0)