AQSh Vakillik palatasining 40 dan ortiq kongressmeni davlat kotibi Reks Tillersonga Myanmaga qarshi sanksiyalar joriy etish da’vati bilan maktub yo‘lladi. Bunga Myanma rasmiylarining roxindja xalqiga nisbatan siyosati sabab qilib ko‘rsatildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Qonun chiqaruvchilar AQShning Myanmaga nisbatan 2016-yilning oktabrida bekor qilingan sanksiyalarini qaytarish va mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuviga javobgar bo‘lganlarga nisbatan shaxsiy sanksiya choralarini ishlab chiqishga chaqirdi. “Biz sizlarni Myanmada qolib ketgan yoki u yerga qaytishni istovchilarni himoya qilish uchun qo‘ldan kelgan barcha narsani qilishga chaqiramiz”, — deyiladi maktub matnida.
BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Myanmadan Bangladeshga qochgan roxindja xalqi vakillari soni 582 ming kishini tashkil etadi.
Izoh (0)