Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro bahs klubidagi chiqishi chog‘ida ishtirokchilardan birining “yer, hudud, demografiya” singari tayanch qadriyatlar haqidagi savoliga javob berarkan, yahudiylarning muqaddas kitobi Tavrotdan iqtibos keltirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Tavrotda hududdan voz kechish katta gunoh deb bekorga yozilmagan”, — dedi Putin.
“Hudud, yerda mavjud boylik, odamlar — bularning bari eng muhim omillar bo‘lib qoladi”, — qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.
U sanab o‘tilgan qadriyatlarni “tayanch” omillar deb atadi.
Shu bilan birga, Putinning fikricha, hozirgi paytda “sifat o‘zgarishi” tufayli “ilmiy-texnologik omil” harbiy xavfsizlik va xalqaro siyosatda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
“Hamma narsa tez ro‘y beryapti, bu o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmaydi”, — xulosa qildi Kreml xo‘jayini.
Izoh (0)